17 dek 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
-81 kg vaznda samarqandlik bokschi O'zbekiston chempioni bo'ldi
Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etib boryapti.
Hozirgina -81 kg vazn toifasida final jangi yakunlandi. Oltin medal uchun samarqandlik Xurshid Abdullaev va Toshkent viloyati vakili Dilshodbek Ro'zmetov ringga ko'tarilishdi.
Jang yakunida Abdullaev 4:1 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston chempioniga aylandi. Yarim finalda mag'lub bo'lgan - farg'onalik bokschilar Akmalbek Qosimov va Kozimbek Mardonov bronza medaliga ega chiqishdi. Mardonov o'tgan yili bu vaznda chempion bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar