11 fev 15:36
Yangiliklar
Futbol
Abbos Fayzullaevning CSKAdagi jamoadoshi "Andijon" yig'iniga qo'shildi
Ayni paytda Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" jamoasi selekciya ishlarini ham davom ettirmoqda.
"Burgutlar"ning Turkiyadagi yig'iniga Suriya terma jamoasi va CSKA darvozaboni Maksim Sarraf kelib qo'shildi. 2005 yilda tug'ilgan posbon "armiyachilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Sarraf Suriya bilan Qatardagi Osiyo Kubogida ham qatnashdi.
Avvalroq "Andijon" tarkibiga Sunnatilla Abdullajonov, Bektemir Abdumannonov, Marlen CHobanov, Damir Imeri jalb qilingan edi.
Havola :
Fikrlar