31 iyu 08:53
Yangiliklar
Futbol

Abbosbek Fayzullaev yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshladi
Kecha "Istanbul Bashakshexir" Abbosbek Fayzullaev bilan shartnoma imzolaganini elon qilgandi.
Klub taqdim etgan suratlarda 21 yoshli yarim himoyachimizning yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yuborganini ko'rish mumkin.
Eslatib o'tamiz, yangi mavsum startidan oldin O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga ijara asosida o'tgan edi.
Fayzullaev CSKAda o'tkazgan 2 mavsum davomida 72 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar