26 mar 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdug'ofurov argentinalik bokschini mag'lubiyatga uchratdi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov faoliyatidagi oltinchi g'alabasini tantana qildi.
Qo'rg'ontepalik bokschi Singapurdagi OCBC Arena majmuasida kechgan boks oqshomida argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundga mo'ljallangan jangda Azizbek 98:92, 97:93, 98:92 hisobida g'alaba qozondi.
Malumot uchun, 25 yoshli Abdug'ofurov o'tkazgan 6ta jangining barchasida zafar quchgan. Nokautlari soni 4tani tashkil etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar