19 iyu 07:07
Yangiliklar
Gimnastika
Abdulaziz Mirvaliev Osiyo chempionati sovrindori
Cingapurda sport gimnastikasi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqaning kechagi kuni ham O'zbekiston terma jamoasi medal qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasida tayanib sakrash yo'nalishida kechgan final dasturida Abdulaziz Mirvaliev 14.083 ball bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Eslatib o'tamiz, kecha ayollar o'rtasidagi bahslarda Oksana CHusovitina ham shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy olgan edi.
1. Karlos Yulo (Filippin) – 14.299
2. Abdulaziz Mirvaliev (O'zbekiston) – 14.083
3. Jaexo Kim (J.Koreya) – 13.766
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar