25 mar 20:55
Yangiliklar

Abduqahhorov Afrika chempionini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Faoliyatini 2015 yilda boshlagan 23 yoshli hamyurtimizning raqibi zimbabvelik bokschi bo'ldi. Abduqahhorov 12 raunddan iborat jangda CHarlez Manyuichiga qarshi ringga chiqdi.
Singapurda o'tkazilgan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Qudratillo raqibini o'zining kuchli zarbalari evaziga birinchi raunddayoq nokautga uchratib, WBC Silver chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Qudratillo faoliyati davomida 11ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. Bugungisi bilan qo'shib hisoblasak, 8ta jangini nokaut bilan yakunlangan.
Uning bugungi raqibi Manyuichi esa 24 ta jang o'tkazib, ulardan 20 tasida zafar quchgan. Hisobida bugungisi bilan qo'shib hisoblasak, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Fikrlar