23 mar 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Abduqahhorov Singapurda, chempionlik jangiga 2 kun qoldi
Professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov 25 mart kuni navbatdagi jangida ringga ko'tariladi.
Faoliyatini 2015 yilda boshlagan 23 yoshli hamyurtimizning navbatdagi raqibi zimbabvelik bokschi bo'ladi. Abduqahhorov 12 raunddan iborat jangda CHarlez Manyuichiga qarshi ringga chiqadi.
Mazkur chempionlik jangi Singapurda bo'lib o'tadi. Bokschilar WBC Silver chempionlik kamari uchun jang o'tkazishadi. Ertaga bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etiladi.
Malumot uchun, Qudratillo faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Ettita jangini nokaut bilan yakunlangan. Uning raqibi Manyuichi esa 23 ta jang o'tkazgan va ulardan 20 tasida zafar quchgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar