28 sen 14:02
Yangiliklar
Abduqahhorovdan qochib yurgan chempionlar - Spens va Porter taroziga chiqdi
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda IBF chempioni Errol Spens hamda WBC kamari sohibi SHon Porter birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishadi. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va etiborlisi har ikkala chempion ham bir xil tosh bosishdi - 66,7 kilogramm.
Malumot uchun, hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. CHempion Errol Spens hozircha o'zini Abduqahhorovdan "qochib" yuribdi.
Boks kechasining nufuz jihatidan ikkinchi ahamiyatli jangi ikkinchi yarim o'rta vazn (76,2 kg) toifasida bo'lib o'tadi. WBC Regular chempioni Entoni Direll kamarini "tatil"dagi WBC chempioni David Benavidesdan himoya qiladi. Bu ikki bokschi ham bir xil vazn qayd etishdi - 76 kilogramm.
Fikrlar