14 okt 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Abduqahhorovning jangi anderkart maqomida bo'ladi
Xabar berganimizdek, 18 oktyabr kuni (Toshkentda 19 oktyabr tongi) AQSHning Pensilvaniya shtati Filadefiya shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Liacouras Center arenasida o'tkaziluvchi ushbu boks oqshomida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yurtdoshimiz Qudratillo Abduqahhorov ham ringga ko'tariladi. CHarm qo'lqop ustamizning raqibi Luis Kollaco bo'ladi. Anderkart maqomidagi jang 10 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, amerikalik 38 yoshli bokschi prof faoliyati davomida 46 ta jang o'tkazib, 39 tasida g'alaba qozongan. Yigirmata jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Ettita jangda yutqazgan va ikki bor o'zi nokautga uchragan. Amir Xan, Kit Turman, Viktor Ortiz, Rikki Xatton, SHeyn Mosli singari mashhur chempionlarga qarshi jang o'tkazgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar