05 sen 17:00
Yangiliklar
Futbol
Abduqodir Husanov Franciyaga uchib ketmoqda, u Qirg'iziston bilan ham o'ynamaydi
Himoyachi Qirg'izistonga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi.
Avvalroq, markaziy himoyachimiz jarohat sabab bugungi bellashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmasligi haqida xabar bergandik.
Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko'ra, Abduqodir Husanovning jarohati dastlabki taxminlardan ko'ra, jiddiyroq bo'lib chiqdi. Bizga malum bo'lishicha, shifokorlar Abduqodir safga qaytishi uchun 3 hafta talab etilishi mumkin.
Natijada, Abduqodir Husanov nafaqat terma jamoamizning ikkita o'yini, balki "Lans"ning bo'lajak uchrashuvlarida ham maydonga tusha olmasligi ehtimoli yuqori.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar