So’nggi yangiliklar

18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0

20 fev 17:37
Yangiliklar

Futbol

Abduqodir Husanovning "Real"ga qarshi o'yini tahlili

Teglar :  Abduqodir Husanov
"Championat.Asia" sayti muxbiri Nikolay Egorichev "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvini tahlil qilib ko'rdi.

Aniqrog'i, uchrashuvda Abduqodir Husanovning o'yinini.

Birinchidan, Husanov o'zining asl poziciyasida o'ynamaganini qayd etish kerak. 4-3-3 sxemasida u o'ng qanot himoyachisi rolini bajardi. Vaholanki, bungacha Manchesterda u faqatgina markaziy himoyachi (uchta markaziy himoyachilik sxemada eng markaziy himoyachi va o'ng / chap markaziy himoyachi) sifatida maydonga tashlanayotgandi.

Gvardiola tomonidan bunday qadamni nisbatan himoyaviy o'yinga qaratilgan etibor deb atash mumkin. Joriy mavsum "Man Siti" o'ng qanot himoyasida odatda Riko Lyuis yoki Mateush Nunesh harakat qilyapti. Ularning har ikkisining hamyurtimizga ko'ra, hujumga moyilligi yuqoriroq. Riko esa jamoa hujumga o'tganida bir yo'la tayanch zonasida paydo bo'ladi va sxema 4-3-3dan 3-2-2-3ga o'zgaradi. Qo'shimchasiga, balki Husanov Vinisiusga qarshi deyarli personal harakat qilish uchun ham qanotga tashlangandir.

Umuman olganda, Husanov braziliyalik Vinisiusni "zararsizlantirish" vazifasini sifatli bajara oldi. Junior o'yin davomida bor yo'g'i 3 marta zarba berdi (ulardan faqat bittasi darvoza sohasiga aniq bordi), ikkita uzatmani amalga oshirdi (birortasi ko'zlangan manzilga aniq etib bormadi), 7 bor dribling ishlatishga urinib ko'rdi (43% omadli). Ha, Vinisius bir necha bor jarima maydonchasiga yaqin hududda Husanovni aldamchi harakatlari bilan chalg'itishga erishdi, ammo gollar boshqa zonalar orqali yuzaga keldi. "Real" safida shu kuni hujumda nafaqat Vinisius, balki Mbappe va Rodrigo ham bor edi. Va boshqa tomondan qarasak, shu ikkovlon natijani hal qilishdi. "SHaharliklar" o'tkazib yuborgan 3 ta golning faqat 1 tasida (ikkinchi golda) Husanovning "ulushi" bor.

Keling, Abduqodirning "Real"ga qarshi o'yindagi statistik ko'rsatkichlariga nazar tashlaymiz ("WyScout" malumotlari):

  • 80 ta texnik-taktik harakatlar (67 tasi muvaffaqiyatli, 84%);
  • 1 zarba (1 ta aniq zarba, 100%);
  • Uzatmalar aniqligi 59 tadan 54 tasi (92%);
  • 2 uzatma (1 tasi aniq, 50%);
  • •  2 marta raqib aldashga urinish (1 tasi muvaffaqiyatli, 50%);
  • 17 marta to'p uchun kurash (11 tasida ustun keldi, 67%);
  • 1 ta havodagi kurash (Husanov unda ustun keldi, 100%);
  •  3 marta to'pni olib  qo'yish;
  •  11 to'pni jamoasiga qaytarib olib berish (uzatilgan to'pni ilib ketish);
  •  3 marta to'pni jaroma maydonchasidan uzoqlashtirish.

"SofaScore" Husanovning o'yinini 6,8 ballga loyiq ko'rdi. Bu borada Abduqodir jamoadoshlari Natan Ake, Yoshko Gvardiol, Omara Marmush va Savinoni ortda qoldirdi.

Bu Husanovning "Manchester Siti" tarkibidagi endigina 4 o'yini ekanligini (qo'shimchasiga ECHL pley-offi va birdaniga "Real"ga qarshi o'ynash), SHuningdek, u o'zinig qadrdon nuqtasida o'yamaganini inobatga olsak, Abduqodir muvaffaqiyatli bahs o'tkazdi, deya olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing