05 iyu 14:00
Yangiliklar

Abduraimova va Yakshibarova Tashkent W15 turniri 1/8 finalida kortga chiqdi
Uzoq yillar davomida O'zbekistonning birinchi raketkasi bo'lib kelgan va o'tgan oyda bu maqomni Vlada Yakshibarovaga topshirgan Nigina Abduraimova musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi. Afsuski, 30 yoshli tajribali tennis malikamiz 1/8 finalda musobaqaning to'rtinchi raketkasi, hindistonlik Vaishnavi Adkarga 2/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Abduraimova ayni paytda WTA reytingida 942, Adkar 632-pog'onadan joy olgan. Vlada Yakshibarova esa aksincha, 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U 2 soatu 33 daqiqa davom etgan nimchorak final bahsida rossiyalik Vlada Zverevani 6/3, 3/6, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi. Yakshibarova WTA reytingida 888, Zvereva esa 1190-o'rinni band etgan.
Fikrlar