27 okt 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21515_220.jpg)
Abror akaning shogirdi WBO kamari uchun jang o'tkazadi
Xabar berganimizdek, hamyurtimiz tajribali murabbiy Abror Tursunpo'latov rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalev bilan hamkorlikni boshlagandi.
34 yoshli Kovalev 25 noyabr kuni ukrainalik 30 yoshli Vyacheslav SHabranskiyga qarshi yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Tursunpo'latov rossiyalik bokschini aynan mana shu chempionlik jangiga tayyorlaydi.
CHempionlik jangi AQSHning Nyu-York shahrida muhtasham Madison
Square Garden arenasida bo'lib o'tadi. Amerikalik Andre Uord faoliyatini
yakunlaganligini elon qilganidan so'ng WBO kamari egasiz qolgandi. 2013 yilning avgustida
Sergey Kovalev ilk bor jahon chempioni bo'lganida aynan WBO kamarini qo'lga
kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar