So’nggi yangiliklar

12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0 09:02ЖЧ-2026. Кореяни мағлуб этган Мексика плей-офф масаласини ҳал қилди 0 08:3647 ёшли Луис Ортис икки ҳафтада икки рақибини муддатидан аввал мағлуб этди 0 08:01Илия Топурия ва Жастин Гэтжи олти ойга четлатилди 0 20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0

26 okt 15:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Abror Tursunpo'latov: "Kovalyov bilan ishlashim Fazliddin uchun ham foyda bo'ladi"

Kecha Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi Abror Tursunpo'latov rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga ham ustozlik qilishi haqida xabar berib o'tgandik.

Ushbu xabardan so'ng biz Abror aka bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Birga ishlash borasida Kovalyovning o'zi taklif bilan chiqdi. Roziligimni so'radi. Men esa agar barcha aytganlarimni bajarishga rozi bo'lsa, u bilan ishlashga tayyor ekanligimni malum qildim. SHu tariqa u men bilan birga ishlashni boshladi.

Yaqin kunlarda uning navbatdagi jangi malum bo'ladi. U WBO chempionlik kamari uchun bo'ladi.

Fazliddinni mashg'ulotlariga tasir qilmaydimi? Nasib qilsa barchasi yaxshi bo'ladi. Bu borada birinchi navbatda u bilan maslahatlashdim. Fayzining o'zi ham u bilan ishlashimni istadi. Hozir kun davomida oldin Fazliddin bilan, keyin Kovalyov bilan birga shug'ullanaman. Bazi kunlari birga mashg'ulotlar o'tkazamiz.

Agar men chempionlik jangida ishtirok etadigan bo'lsam, men uchun tajriba bo'lardi. Fazliddinning chempionlik jangi men uchun yangilik bo'lmaydi. Bu ishlarning barchasi Fazliddin uchun hamdir", - deydi Abror Tursunpo'latov.


Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing