07 mar 07:46
Yangiliklar

Adesanya va Romero taroziga chiqishdi, Yoel vazn qilish uchun oxirgi kiyimini ham echishga majbur bo'ldi + FOTO
Bugun ushbu oqshom ishtirokchilari ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Kechaning markaziy jangi o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya hamda faxriy sportchi Yoel Romero o'rtasida bo'lib o'tadi.
Adesanya 83,6 kg tosh bosgan bo'lsa, Romeroning vazn qilishi uchun qo'shimcha 20 daqiqa berildi. Hatto u vazn qilish uchun so'nggi kiyimini echishga ham majbur bo'ldi va bir amallab 83,9 kg vazn qayd eta oldi. Bunday holat Yoelda birinchi marta bo'layotgani yo'q.
UFC 248. Tarozi natijalari
Asosiy kard
Israel Adesanya (184,5 funt) — Yoel Romero (185 funt)
CHjan Veyli (115) — Yoanna Enjeychik (115)
Beneyl Dariush (156) — Drakkar Kloze (156)
Nil Megni (171) — Li Czyanlyan (171)
Aleks Oliveyra (171) — Maks Griffin (170,5)
Fikrlar