07 mar 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya va Romero uchun kafolatlangan gonorarlar malum
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 248 turniri bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangi o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya hamda faxriy sportchi Yoel Romero o'rtasida bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar chempion va davogar uchun kafolatlangan gonorarlar summasini oshkor qilishdi.
Unga ko'ra, Israel Adesanya 500, kubalik Yoel Romero esa 300 ming dollar gonorarga ega bo'ladi. Agar bu jang oqshomning qiziqarli kechgan jangi deb topilsa, Adesanya va Romero yana qo'shimcha 50 ming dollarga ega bo'ladi.
Havola :
Fikrlar