So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

23 okt 15:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

Adhamjon Ergashev – o'smirlar o'rtasida jahon chempioni!

Yosh va shu bilan birga anchagina taniqli og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev o'smirlar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Malayziyaning Penang shahrida bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga federaciya raisi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov birgina sportchini olib ketdi. (U kishining o'zi chempionat oldidan o'tkazilgan Xalqaro Osiyo og'ir atletika federaciyasi ijroiya qo'mitasi yig'ilishi va Kongressida qatnashdi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoamizning to'liq tarkibi esa boshqa bir masuliyatli musobaqa – noyabr oyida Yaponiyada tashkil etiladigan qita chempionatiga hozirlik ko'ryapti.)

Muhimi shuki, ishonch bildirilgan sportchimiz o'zini yuksak darajada oqladi. Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida tug'ilib o'sgan Adhamjon Ergashev II o'smirlar Olimpiya o'yinlari va yoshlar (o'zidan 2-3 yosh kattalar) o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori xisoblanadi.

Endi o'z yosh toifasida jahon chempioni ham. Adhamjon dast ko'tarishdayoq oltin medalni qo'lga kiritib, g'oliblikka asosiy davogar ekanligini bildirib qo'ydi. Uchinchi urinishda zarur bo'lgan 125 kg og'irlikdagi toshni ko'tarib, asosiy raqibi – Rossiya vakili Zulfat Garaevdan 1 kg o'zib ketdi.

Kolumbiyalik sportchini 4 kg, CHin yurti polvonini esa 5 kg ortda qoldirib ketdi. Bu – chempionlik uchun qo'yilgan dadil qadam edi. Zero Garaev siltab ko'tarishda hamyurtimizga qarshi turib bera olmadi, 6 kg kam natija qayd etdi. Koreyalik Vi SHinning bu yo'ldagi harakatlari ham zoe ketdi – u 150 kgda to'xtadi.

Tan olish kerak, Xitoy vakili ikkinchi mashq bo'yicha 156 kg ko'rsatkich bilan birinchi o'ringa chiqdi, lekin bu umumiy hisob uchun etarli emas edi. Ergashev 155 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, ikkikurashda 280 kg jamg'ardi. Uning eng yaqin taqibchisi Yunban Vey 276 kg to'pladi. Ishonchli g'alaba! Darvoqe, kuchli guruhda o'zbek sportchisi yuqorida tilga olib o'tilgan davlatlardan tashqari Kolumbiya, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog'iston, Indoneziya kabi og'ir atletika kuchli rivojlangan mamlakatlar atletlarini ham ortda qoldirdi.

 

62 kg vazn toifasida kuchli beshlik tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:

1.  Adhamjon Ergashev (O'zbekiston) – 125+155=280

2.  Yunban Vey (Xitoy) – 120+156=276

3.  Zulfat Garaev (Rossiya) – 124+149=273


G'ayrat Xonnazarov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing