So’nggi yangiliklar

09:33Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” ЕЧЛ иштирокчиси “Қайрат” билан ўйнади + ФОТО 0 09:12Лайма Владсон Туркиядаги ITF W15 турниридаги иштирокини якунлади 0 08:51Абдулло Алиев ва Муҳаммадқодир Расулов Zagreb Open турнири совриндори 0 08:30Дана Уайт энди UFC жангчилари билан шартномалар бўйича музокаралар олиб бормаслигини айтди 0 07:59Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 00:50Рамазон Темиров, Хотамбек Бойназаров, Амирхон Алихўжаев ва бошқа юлдузлар жанг қилган Mangu 1 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 1 00:48Хотамбек Бойназаров иштирокидаги Mangu MMA 1 турнирининг марказий жанги муддатидан олдин якунланди 0 00:27Рамазон Темировнинг Тошкентдаги жанги тўлиқ давом этди 0 00:06ДАҲШАТ! Амирхон Алихўжаевнинг жанги илк раундда кутилмаган натижа билан якунига етди 0 23:58Фурқатбек Ёқубов бразилиялик жангчига ҳеч қандай имкон қолдирмади 0 23:36Муҳиддин Мамажонов қирғизистонлик рақибига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0 23:09Mangu 1. Суҳроббек Атажанов иштирокидаги жанг иккинчи раунддаёқ якунланди 0 21:51Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони иштирокидаги жанг биринчи раунддаёқ якунланди 0 21:18"Дэвис кубоги". Нигерия ва Ўзбекистон ўртасидаги илк кунги учрашувлар якунланди 0 20:35Конор Макгрегорнинг ўзбекистонлик спарринг шериги Mangu 1 турнирида жанг қилди 0

19 may 14:39
Yangiliklar

Kurash

“Adolat” kubogi g'oliblari taqdirlandi FOTOGALEREYA

Poytaxtimizda O'zbekiston “Adolat” social-demokratik partiyasi va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida belbog'li kurash bo'yicha “Adolat” kubogi musobaqasining respublika bosqichi o'tkazildi.

Mazkur musobaqa davlatimiz rahbarining yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusini ro'yobga chiqarish, o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom, baquvvat va barkamol qilib tarbiyalash, sportchi yoshlarni milliy qadriyatlarimizni ezozlash va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda belbog'li kurash sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ommalashtirish maqsadida tashkil etildi. 

SHu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari va deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston “Adolat” SDP faollari, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillari, ushbu bellashuvning hududiy bosqichlari g'oliblari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Takidlanganidek, yurtimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan va manan sog'lom qilib tarbiyalash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro musobaqalar, olimpiadalarda sportchilarimiz yutuqlarga erishib, Vatanimiz sharafini ulug'lab kelmoqda. 

- Keyingi ikki yil davomida jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda aholining sog'lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilandi, - dedi partiya Siyosiy Kengashi raisi o'rinbosari Abdukamol Rahmonov. - Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2018 yilda Oliy Majlisga taqdim qilgan Murojaatnomasida mamlakatimizda sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat berish, yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish kerakligi alohida takidlangan. 

Partiyamiz bir necha yildan buyon O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. “Adolat” kubogi musobaqalarining o'tkazilishi esa hamkorligmizni yangi bosqichga olib chiqdi, deb o'ylaymiz.

Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida mazkur sport turi bilan ko'plab yoshlarimiz muntazam shug'ullanmokda. Azal-azaldan turli sayillarda, to'y va boshqa tadbirlarda bir-biridan qiziqarli bellashuvlar o'tkazilgan. Bu bellashuvlarda kuragi erga tegmagan polvonlarimiz yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitganlar. Uzoq tarixga ega bo'lgan belbog'li kurash o'zbek polvonlarining mahorati, matonatini namoyon etib keladi. 

Belbog'li kurash sport turini keng targ'ib qilish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarda mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirishda partiya deputatlari O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining hududiy kengashlari bilan hamkorlikda joylarda saylovchilar hamda yoshlar bilan o'tkazayotgan uchrashuvlar, musobaqalar amaliy ahamiyat kasb etmoqda. 

Mamlakatimiz kelajagini sog'lom va har tomonlama uyg'un rivojlangan yoshlar qo'lida, deb hisoblovchi O'zbekiston “Adolat” social-demokratik partiyasi va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning mart-aprel oylarida belbog'li kurash bo'yicha “Adolat” kubogi musobaqasining tuman, shahar va hududiy bosqichlari ochiqlik, oshkoralik, raqobat mezonlari asosida o'tkazildi. 

Jami 136 ta tuman, shaharlarda o'tkazilgan saralash hamda hududiy bosqichlardagi bellashuvlarda 7 500 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi. 

Musobaqaning respublika bosqichida hududlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qatnashchilari - 2000, 2001 hamda 2002 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar 6 vazn toifasida (55, 60, 65, 71, 77, 83 kg. vazn toifasida) 80 dan oshiq eng sara polvonlar o'zaro kuch sinashdi. 

Xalqimiz o'rtasida halollik, mardlik, jasorat namunasi hisoblanib, yosh avlodning manaviy va jismoniy jihatdan rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo'lgan mazkur sport turi bo'yicha bellashuvlar boshlanishidan avval Prezidentimizning 5 tashabbusiga hamohang ravishda sanat ustalarining badiiy chiqishlari musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlarni xushnud etdi. 

SHuningdek, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida badiiy hamda huquqiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi. 

Ko'tarinki ruhda boshlangan musobaqa qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo'ldi. Bir-biridan mahoratli polvonlar bahsida kuchlilar orasidan eng kuchlilar g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, eng ko'p sovrinli o'rinlarni egallagan Andijon viloyati jamoasi umumjamoa hisobida “Adolat” kubogi respublika musobaqasi g'olibi bo'ldi. 

Musobaqada Toshkent shahridan Hasan Azimov (55 kg.), Andijon viloyatidan Oybek Sultonov (60 kg.), Nusratbek Sultonboev (65 kg.) va Ro'zioxun Ro'zioxunov (71 kg.), Farg'ona viloyatidan Rahmatilla Anvarjonov (77 kg.), Toshkent shahridan Nodir Ahadjonov (83 kg.) 1-o'ringa sazovor bo'lishdi. 

Mazkur vazn toifalarida Kamronbek Ortiqov (Andijon), Jahongir Haitov (Namangan), Xolmirza Hasanboev, SHahzod Mirzayorov (Toshkent shahri), Manguberdi Imyanov, Sardor To'laev (Toshkent viloyati) ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, har bir vazn toifasida ikki nafardan ishtirokchi 3-o'ringa loyiq topilib, g'oliblar safidan joy olishdi. 

- Uzoq yillik tarixga ega belbog'li kurash sport turi bugun nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham o'z muhlislariga ega bo'lib bormoqda, - deydi O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov. - O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi Birlashgan kurash olamining (UWW) haqiqiy azosi hisoblanadi. 

Mazkur tashkilotning dastur-rejasiga muvofiq jahon chempionatlari va kubok musobaqalari muntazam o'tkazib kelinmoqda. O'zbekiston “Adolat” social-demokratik partiyasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan mazkur musobaqa yuqori saviyada o'tkazilgani bilan ahamiyatlidir. 

CHunki ushbu bellashuv joriy yilning 18-21 iyun kuni Olmaliq shahri mezbonlik qiladigan, yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan jahon chempionati oldidan terma jamoa azolariga nomzodlarni yana bir bor saralab olish imkoniyatini berdi. 

G'oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida g'olib bo'lgan Andijon viloyati jamoasiga “Adolat” kubogi topshirildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

O'zbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing