24 fev 13:00
Yangiliklar
Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi
Qayd etilishicha, 78 yoshli mutaxassis sog'lig'ida muammolari bor qizi uchun o'zini to'liq bag'ishlashga qaror qilgan. Advokat o'rniga Fred Ryutten tayinlandi.
"Men har doim oila futboldan muhimroq deb aytganman, shuning uchun bu tabiiy qaror. SHunga qaramay, men Kyurasaoni, uning odamlarini va hamkasblarimni juda sog'inaman. Kichikkina davlatni Jahon chempionatiga olib chiqqanimni faoliyatimdagi eng katta yutuqlardan biri deb hisoblayman", – dedi Advokat.
Advokat Kyurasao termasini 2024 yilning yanvaridan beri boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa tarixda ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan turnirda Karib dengizi hududidagi mamlakat jamoasi Germaniya, Ekvador va Kot-d'Ivuar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Advokat ilgari Niderlandiya, Koreya, Serbiya, Belgiya va Iroq terma jamoalarini boshqargan, shuningdek, PSV, "Feyenoord", "Zenit", "Fenerbaxche", "Sanderlend" va boshqa jamoalarda ishlagan.
Ryutten esa "Tvente", "SHalke", "Anderlext", PSV va "Feyenoord"ning sobiq bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar