23 noy 12:39
Yangiliklar

Afsonaviy bokschi Rufat Risqiev komaga tushib qoldi
Malumotlarga ko'ra, bokschi koma holatida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jurnalist Dilshoda Matchonova xabar qoldirdi.
“Rufat Asadovich komada… Unga salomatlik tilaylik”, deyiladi uning xabarida.
SHu yilning sentyabr oyi oxirlarida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og'irlashishi sababli Rufat Risqievning o'ng oyog'ini tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o'tkazishgandi.
2 oktyabr kuni 67 yoshni qarshilagan Rufat Risqiev 1974 yilda Gavanada jahon chempioni bo'lishga erishgan.
Rufat Risqiev – Jahon chempioni va Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori. AQSH, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya, Ispaniyada o'tkazilgan xalqaro turnirlar g'olibi.
Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi.
Fikrlar