18 iyu 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Don King bilan ishlagan Mamajonov 22-jangini Nyu-Yorkda o'tkazadi
Professional boksdagi faoliyatini bir necha yildan beri AQSHda olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Mamajonov o'zining navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
O'z vaqtida afsonaviy promouter Don King bilan birga ishlashga muvaffaq bo'lgan Mamajonov 19 avgust kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Mamajonovning bizga xabar berishicha, ayni paytda uning jamoasi bir necha raqiblar bilan muzokara olib boryapti. Tez orada raqib nomiga oydinlik kiritiladi. Bu Bahodirning professional ringdagi 22-jangi bo'ladi. Mamajonov 21ta jangdan 19tasida g'alaba qozongan. Mag'lubiyatlar soni 2tani tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz so'nggi jangini shu yilning 20 fevral kuni Jilbert Venegasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar