11 dek 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Don King bugun Moskvaga tashrif buyuradi
Afsonaviy promouter Don King hamda kanadalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Bermen Stivern (25-2-1, 21 KO) bugun Moskvaga keladi.
13 dekabr kuni “Renessans Monarx Centr” mehmonxonasida 17 dekabrga belgilangan jang oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi. Boks oqshomining o'zi Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi.
“Ekaterinburg-EKSPO” xalqaro ko'rgazmalar saroyida o'tkaziladigan boks kechasining markaziy jangida rossiyalik Aleksandr Povetkin (30-1-0, 22 KO) aynan asli kelib chiqishi gaitilik bo'lgan Bermen Stivernga qarshi ringga ko'tariladi.
Bo'lajak jang g'olibi Butunjahon boks uyushmasi (WBC) yo'nalishining vaqtinchalik chempioni maqomini qo'lga kiritadi. Bu chempion esa mazkur yo'nalishning to'laqonli chempioni amerikalik Deontey Uaylder bilan jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritadi.
Havola :
Fikrlar