09 okt 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Xuan Manuel Markes xayrlashuv jangini o'tkazmoqchi
Professional boksning to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xuan Manuel Markes (56-7-1, 40 KO) o'zining xayrlashuv jangini o'tkazmoqchi.
Meksikalik 43 yoshli bokschi shu yilning oxiri, uzog'i bilan 2017 yilning birinchi choragida professional faoliyatidagi so'nggi jangida ringga ko'tariladi.
“Ayni paytda murabbiyim bilan birga mashg'ulot zalida ishlayapmiz. Hozirda o'zimni yaxshi xis qilyapman. Katta boks bilan xayrlashuv jangimni o'tkazishni juda ham istayapman”, – dedi Markes.
Malumot uchun, Markes so'nggi bor 2014 yilning may oyida jang o'tkazgan edi. O'shanda u hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra Mayk Alvaradoni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar