26 iyu 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Afsuski, boksda shunday ahmoqlar uchrab turibdi"
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder dopingga uchragan Dillian Uayt haqida fikr bildirdi.
“Dillianning qonidan taqiqlangan modda aniqlangani malum qilingandi. Natijalarga ko'ra, uning qonidan bir nechta taqiqlangan moddalar topilgan. Bunday pastkashliklarni to'xtatish kerak, deb o'ylayman.
Yaqinda bir bokschi jangdan so'ng vafot etdi. Lekin Dillianga o'xshagan ahmoqlar yolg'on bilan o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Ular dopingsiz hech narsa qilolmaydi. Ko'pchilik gaplarim uchun tanqid qildi. Lekin men hech qachon taqiqlangan modda istemol qilmaganman. Agar "Yil tentagi" nominaciyasi tasis etilsa, so'zsiz Uayt bu sovrin sohibi bo'ladi”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar