So’nggi yangiliklar

09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0

07 sen 19:45
Yangiliklar

Futbol

"Agentlar uning taqdirini o'ylagani yo'q" - Oston O'runovning transferi mutaxassis nigohida

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O'runovning "Spartak"dan ketishi va qaysi jamoaga borib qo'shilishi barchani qiziqtirayotgan edi.

Yakunda futbolchi "Ural" variantida to'xtaldi. Xo'sh, bu qanchalik to'g'ri tanlov? "Spartak"ka o'tish xatomidi? Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov bu borada Azamat Abduraimovning fikrlari bilan qiziqib ko'rdi. 


— Ostonning futboldagi taqdiri qanday bo'lishini hammamiz kutayotgan edik. "Spartak"da o'zini ko'rsata olmagani fojea emas. Hali yosh va butun hayoti oldinda. Agar "Spartak" voqeasidan to'g'ri xulosa chiqara olsa, yaxshi futbolchi bo'lib etishish imkoniyati yuqori. "Ural" tanlovi to'g'ridek tuyulmoqda. Birinchidan Oston asosiy tarkibda o'ynay oladi va jamoaning tayanchiga aylanadi. Ikkinchidan Goncharenko bosh murabbiy. Ushbu mutaxassis Evropa darajasidagi, o'rta darajadagi qattiqo'l, o'z falsafasiga shu bilan birga natijaga qanday erishishni biladigan murabbiy.



— O'runov katta salohiyatga ega futbolchi. Men futbolchining atletik hislatlari haqida gapirmoqchiman. Texnikali va jismoniy tomondan yaxshi sifatlarga ega. Bizning futbolda bunday tipdagi futbolchilar kam uchraydi. Bularning bari Rossiya chempionatida o'zini ko'rsatish imkonini berdi, deya olaman. "Ufa"da to'p tepgan dastlabki yilida muxlislar nazariga tushdi. Mutaxassislar etirof eta boshladi. Keyinchalik "Spartak"ga o'tdi. Bu o'tish SHamil Gazizov tufayli amalga oshganini bildik. Gazizov O'runovni "Ufa" rahbariyatidan sotib oldi va "Spartak" bosh direktori bo'ldi. Bu pallada esa Ostonning faoliyatida pasayish boshlangandi. U shartnoma imzolgach, katta ehtimol bilan bundan buyon hayot gullab ketadi va qolgan hayotda pulni o'ylash shart emas, deb hisoblagan. Bunday holat yosh futbolchilarda uchrab turadi. Katta pullar faqat o'zbek futbolchilarini buzmagan. Savdo markazidan keyingi tarqalgan suratlar buni tasdiqlaydi. Futbolchi futbol ommasida gap-so'zga qolib ketdi. Moskva klubiga kerak bo'lmay qoldi.



— Muhimi "Spartak" uning faoliyatida katta dars bo'lsin. Futbolchining imkoniyatlarini to'g'ri baholamagan agentlar uning hayotida salbiy rol o'ynashdi. "Ufa"dan "Spartak"ka o'tishida yaxshi pul ishlab olishdi. Ammo yarim himoyachining taqdiri haqida o'ylaganlari yo'q. Men ham bir paytlar "Paxtakor"dan "Spartak"ka o'tganman. Tezda asosiy futbolchiga aylana olmaganman. Ammo Oleg Ivanovich Romancev qo'l ostida o'tkazgan davrlarim faoliyatimda "futbol universiteti" vazifasini o'tab bergan. "Spartak" o'ziga hos katta klub. Futbolchi uchun bu klub azosi bo'lish baxt. Har qanday futbolchini o'zgartiradi. SHunday ekan qaysidir manoda O'runov uchun "Spartak" xato, deb o'ylamayman. Hammasi qanday xulosa chiqarishiga bog'liq.



— Katanec terma jamoaga chaqirgani yaxshi. Bu unga hozirgi holatini bilib olishi, motivaciyasini oshirishi uchun kerak. Terma jamoa bosh murabbiyi iqtidorli futbolchini unutmaganini va imkoniyat berayotganligidan xursand bo'lish mumkin. Yana bir bor aytaman, hammasi Ostonning o'ziga bog'liq. Avvalgi darajaga qaytishi va murabbiylar ishonchini qozonishi uchun ko'p mehnat qilish kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing