25 iyu 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadalievning sobiq raqibi WBC kamari uchun harakatni boshladi
Ikkinchi engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Daniel Roman (27-3-1, 10 KO) navbatdagi jangini 26 sentyabr kuni o'tkazadi.
O'sha kuni unga Puerto-Riko vakili Emmanuel Rodriges (19-1-0, 12 KO) raqiblik qiladi.
Jang WBC kamari uchun saralash vazifasini bajaradi. G'olib chempionlik kamari uchun ringga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Malumot uchun, ushbu vaznda WBC kamari Rey Vargasga tegishli.
WBA va IBF kamarlari esa Murodjon Ahmadalievda. U shu yil yanvar oyida aynan Daniel Romanni mag'lubiyatga uchratib, ikkita kamarni o'ziniki qilib olgandi.
Malumot uchun, 26 sentyabr kuni Konnektikut shtatida o'tkaziladigan shouning markaziy jangida Jermal CHarlo va Sergey Derevyanchenko o'zaro jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar