19 avg 10:55
Yangiliklar
AIBA etti nafar hakamni Rio Olimpiadasidan chetlatdi
Bu qora ro'yxatdan etti nafar hakam – Vladislav Malishev (Rossiya), Mik Beysi (Buyuk Britaniya), Xeyra Sidi Yakub (Jazoir), Maykl Gallaxer (Irlandiya), Mariush Gorniy (Polsha), Xerardo Poggi (Argentina) va Rahimjon Risboev (Qozog'iston) joy olgan.
Malumot uchun, Xeyra Yakub va Mariush Gorniy rossiyalik bokschi Vladimir Nikitinning irlandiyalik Maykl Konlanga qarshi o'tkazgan jangida hakamlik qilgan va Nikitinning foydasiga qaror qabul qilishgandi. Bu esa keskin etirozlarga sabab bo'lgan edi.
SHuningdek, Xeyra Yakub Maykl Gallaxer va Xerardo Poggilar bilan birga rossiyalik Evgeniy Tishenko hamda qozog'istonlik Vasiliy Levit jangida ham hakamlik qilgandi. O'sha jangda Tishenko foydasiga qaror chiqarilgandi.
Fikrlar