02 sen 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

AIBA hakamlik tizimiga o'zgartirish kiritadi
Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) hakamlik tizimiga o'zgartirish kiritilishini malum qildi.
Gap shundaki, Rio-2016 Olimpiadasining boks bahslarida hakamlarga etirozlar etarlicha bo'ldi. Buning oqibatida musobaqa yakunlanmay turib, jang natijasiga tasir o'tkazgan bir necha nafar hakamlar o'z ishidan chetlatildi.
AIBA rahbariyati SHveycariyaning Lozanna shahrida o'tkazilgan ikki kunlik yig'ilishda ayni mana shu masalani muhokama qildi. Malumotda aytilishicha, yaqin ikki hafta ichida hakamlik borasida islohotlar olib borilib, baholash tizimiga o'zgartirishlar kiritiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar