So’nggi yangiliklar

09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0

25 avg 14:56
Yangiliklar

Boks/MMA

AIBA JCH medallariga davogarlar orasida 8 nafar o'zbek bokschisini qayd etdi (davomi)

Yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati oldidan AIBA rasmiy sayti xar bir vazn toifasida sovrinli o'rinlarni egallashi mumkin bo'lgan bokschilar haqidagi maqolani taqdim etdi.


Etiboringizga ushbu maqolaning o'zbekcha variantdagi davomini taqdim etamiz.

AIBA JCH medallariga davogarlar orasida 8 nafar o'zbek bokschisini qayd etdi


-69kg: Jahon chempionatida ushbu vazn toifasi yana kuchli bokschilarni o'zida jamladi. Olimpiada va jahon chempioni, kubalik Roniel Iglesias yana o'z formasini tiklab olgan. SHuningdek, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, o'zbek SHahram G'iyosov ham turnirda qatnashadi. Undan tashqari Evropa chempionati finalchilari germaniyalik Abbos Barau va ingliz Pet Makkormaklar ham jahon chempionligi yo'lida bor imkoniyatlarini ishga soladilar.




-75kg: Ukrainalik Aleksandr Xijnyak Xarkovdagi muvaffaqiyatini Gamburgda ham takrorlashga harakat qiladi. SHuningdek, o'zbekistonlik Isroil Madrimov ham ushbu vazn toifasiga ko'tarilganidan so'ng muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. U jahon va Olimpiada chempioni hisoblangan kubalik Arlen Lopesdan ustun kela olgan.



-81kg: Ushbu vaznda kubalik Xulio Sezar La Krez terma jamoadagi sherigi Lazario Alvares kabi o'zining to'rtinchi chempionligini qo'lga kiritish uchun keladi. Unga bu yo'lda kuchli zarbaga ega o'zbekistonlik Bektemir Meliqo'ziev halal berishi kutilmoqda. Uch karra Evropa chempioni va Dohadagi JCH kumush medali sohibi hisoblangan Jo Uord ham Evropa chempionatidagi oltin medali oldiga jahon chempionati oltin medalini ham qo'shib qo'ymoqchi.



+91kg: Kubalik Xose Larduet va ingliz Frezer Klarklarning yo'qligi Kamishbek Konkabaev (Qozog'iston) va Bahodir Jalolov (O'zbekiston) kabi bokschilarga medal yutish imkoniyatini yaratadi. SHuningdek, sovrindor bo'lishi mumkin bo'lgan bokschilar ichida ikki karra jahon chempioni Mahammadrasul Majidov, Evropa chempioni Viktor Vixrist va rossiyalik Maksim Babaninlarni ko'rsatish mumkin.



Reyting:    

Fikrlar

   
25 avg 22:29:28
Aybek Esbergenov
Kamida besh oltin Shaxram xasanbay bektemir isroil muradjon
   
25 avg 18:22:17
Ali
Sport nega obermayapti sabab
   
25 avg 18:09:08
Ангрен
Ла Крусни факатгина нокаут эвазига ютиш мумкин. Купрок тана кисмига ищлаши керак Бектемир. Нокаут кутиб коламиз Бектемирдан.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing