So’nggi yangiliklar

08:06ЖЧ-2026. Марокаш ғалабага эришди, Танташев мундиалда дебют қилди 0 19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0

08 dek 13:30
Yangiliklar

Boks/MMA

AIBA ochkolarni hisoblashning yangi qoidalarini tasdiqladi

Teglar :  BoksOlimpiadaHakam
Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) ochkolarni hisoblashdagi amaldagi qoidalarga o'zgartirish kiritilganini rasman tasdiqladi.

2017 yildan etiboran AIBA tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan barcha turdagi musobaqalarda yangi ochkolarni hisoblash tizimidan foydalaniladi.

Ushbu yangilik ikki hafta avval Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazilgan edi.  


Yangi tizimga ko'ra, ringning to'rtta burchagida ochkolarni hisoblab boradigan hakamlar ishlaydi. Hakamlar komissiyasining raisi elektron ko'rsatkichda qayd etilgan ochkolarni nazorat qiladi. Jangning yakuniy natijasi bahs yakuniga etganidan keyingina oshkor etiladi. 

Endi hisoblar avvalgidek 3:0, 2:1 ko'rinishida bo'lmaydi. Aksincha, 5:0, 4:1, 3:2 ko'rinishida yakuniy natijalarda aks etadi. Muddatidan avval to'xtatiladigan janglar bundan mustasno.  

Eslatib o'tamiz, Rio-2016 Olimpiadasining boks musobaqasida hakamlarning qarorlari ko'plab noroziliklarga sabab bo'lgandi. Musobaqa jarayonining o'zida bir necha nafar hakam o'z ishidan ozod etilgan edi. Oktyabr oyida esa AIBA Olimpiadada ishlagan 36 nafar hakamni chetlatgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing