30 noy 20:59
Yangiliklar

AIBAga zarba! Xalqaro olimpiya qo'mitasi rasman sankciyalarni boshladi
Xalqaro olimpiya qo'mitasi xalqaro boks federaciyasi (AIBA)ga bo'lgan adovatidan voz kecha olmayapti. Qo'mita (XOQ) 2020 yili Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarining boks musobaqasi rejasini muzlatib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 3 noyabr kuni Moskva shahrida o'zbekistonlik G'ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylangandi. Rahimov AQSH moliya vazirligi tomonidan qora ro'yxatga kiritilgan. XOQ esa bu holatni olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan boks sport turining mavqeyiga putur etkazadi, deb hisoblamoqda.
Bundan tashqari, XOQ AIBA tashkilotini moliyalashtirish, musobaqalarga chiptalar sotish, test rejimidagi tadbirlarlarni tashkil qilishni ham taqiqlab qo'ydi. AIBA reklama materiallari uchun olimpiya obektlari va timsollaridan ham foydalana olmaydi.
Fikrlar