11 okt 00:25
Yangiliklar

Ajoyib! Akbar Jo'raev ikki kurash yakunida ham dunyo rekordini yangilagan holda Jahon chempioniga aylandi, hisobimizda 5 ta medal!
110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini taqdim etishdi.
Dast ko'tarish dasturida to'rtinchi bo'lgan Nurudinov siltab ko'tarish mashqida 228 kg natija qayd etdi. Uning ikki kurash yakunidagi ko'rsatkichi esa 414 kgni tashkil etdi. SHu tariqa, 33 yoshli Ruslan 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, dast ko'tarish dasturida dunyo rekordini yangilagan Jo'raevga bu safar ham teng keladigan raqib topilmadi. U 232 kg natija bilan siltab ko'tarish dasturida oltin medalni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, Akbar umumiy hisobda 428 kg toshni bo'ysundirib, dunyo rekordini yangiladi va ikki kurash yakuni bo'yicha ham tengsiz bo'ldi.
SHu tariqa, Akbar Jo'raev JCHda 3 ta oltin, Ruslan Nurudinov esa 2 ta bronza medalni qo'lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
Fikrlar