17 fev 13:16
Yangiliklar
Futbol

Akanji muvaffaqiyatli operaciya qilindi + FOTO
Manuel Akanji ijtimoiy tarmoqlarda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tgani haqida xabar qoldirdi.
"Tiklanish sari yo'l bugundan boshlanadi", – deb yozdi "Manchester Siti" markaziy himoyachisi.
Akanjining tiklanishi 8-10 hafta davom etishi kutilmoqda. SHveycariyalik futbolchi o'tish bosqichi doirasida "Real"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limi oxirida jarohat olib, tanaffusda almashtirilgandi.
29 yoshli Akanji joriy mavsum “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 30 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti"ning navbatdagi uchrashuvi 19 fevral kuni "Real"ga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar