29 sen 10:00
Yangiliklar
Og'ir atletika, Aichi-Nagoya-2026
Akbar Jo'raev jahon rekordini yangilab, Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi
Yaponiyada XX yozgi Osiyo o'yinlari davom etyapti.
Musobaqada og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Akbar Jo'raev -110 kg vazn toifasidagi bellashuvlar chempioniga aylandi.
Jo'raev dast ko'tarish va siltab ko'tarish mashqlari yakunida jami 423 kg natija qayd etdi. O'zbekistonlik og'ir atletikachi dast ko'tarishda 197 kg natija ko'rsatib, jahon rekordini ham yangiladi.
Akbar Jo'raevning g'alabasidan so'ng O'zbekiston delegaciyasining Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlaridagi oltin medallari soni 13 taga etdi.
Delegaciyamiz ayni paytda umumjamoa medallar jadvalida 4-o'rinda bormoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar