31 avg 07:31
Yangiliklar
Akbar Jo'raev jamoamizning ishtirokiga chiroyli yakun yasab berdi
Musobaqaning so'nggi kuni eng og'ir vazn toifasidagi ishtirokchilar bahs olib borishdi. Unda -109 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Akbar Jo'raev o'zining muvaffaqiyatli ishtiroki bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Akbar dast ko'tarishda 194 kilogramm ko'rsatkich bilan o'zining bu mashqdagi shaxsiy ko'rsatkichini yangiladi. Siltab ko'tarish mashqida esa 226 kg, ikki kurash bo'yicha 420 kilogramm natija qayd etib, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Vakilimiz murosasiz kechgan bahsda ukrainalik Dmitro CHumakka ikki kurash bo'yicha 1 kg imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-109 kg:
1. Dmitro CHumak (Ukraina) – 421 kg (185 kg + 236 kg)
2. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 420 kg (1994 kg + 226 kg)
3. CHje Yan (Xitoy) – 397 kg (180 kg + 217 kg)
SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin, 2 ta kumush medallari bilan yakunladi. Quyida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimizni eslab o'tamiz:
Oltin medal:
-55 kg: Muattar Nabieva
-67 kg: Adham Ergashev
Kumush medal:
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-109 kg: Akbar Jo'raev
Fikrlar