30 sen 08:15
Yangiliklar
Og'ir atletika

Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov Jahon chempionatida bitta vaznda ishtirok etadi
Bu haqda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"2–11 oktyabr kunlari Norvegiyaning Forde shahri kattalar o'rtasidagi og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 800 dan ziyod sportchi Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
O'zbekiston sharafini esa Olimpiya chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev kabi tajribali sportchilarimiz himoya qiladi. Ularning chiqishlari 10 oktyabr kuni, bizning vaqt bilan soat 22:30 da bo'lib o'tadi", deyiladi xabarda.
Ruslan va Akbar JCHda bir xil, 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar