31 jan 08:14
Yangiliklar
Aktenge Keunimjaeva nufuzli “Ivan Yarygin Cup” sovrindori
O'z tarixida 37-marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada ayollar kurashi terma jamoamiz ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boryapti. Bu yilgi xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Greciya, Gruziya, Misr, Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, KXDR, Kuba, Qirg'iz Respublikasi, Mo'g'uliston, SHimoliy Makedoniya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O'zbekiston, Koreya Respublikasi va Braziliya (ilk bor) davlatlaridan kelgan ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, kechagi bahslarda Aktenge Keunimjaeva “Ivan Yarygin Cup” xalqaro turnirining bronza medalini qo'lga kiritdi. Terma jamoamizning 50 kg vazn toifasidagi vakilasi belaruslik Svetlana Katenkani mag'lubiyatga uchratdi.
50 kg vazn toifasi shohsupasi
1. Myong Gyong Von (KXDR)
2. Natalya Varakina (Belarus)
3. Valeriya Tyukpiekova (Rossiya)
3. Aktenge Keunimjaeva (O'zbekiston)

Fikrlar