05 apr 20:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Aktobedagi turnirdan 7 ta medal
Bir necha kun oldin Qozog'istonning Aktobe shahrida boks bo'yicha jahon va Osiyo chempioni, Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi G'olib Jafarov sovrini uchun o'smirlar o'rtasida xalqaro musobaqa nihoyasiga etdi.
Ushbu musobaqada Rossiya, Tojikiston, Qozog'iston va O'zbekistondan 180 nafarga yaqin yosh bokschi ishtirok etdi. 15 vazn toifasida o'tkazilgan bahslarda 7 nafar o'zbekistonlik bokschi shohsupaga ko'tarishdi.
Xalqaro turnir yakunlariga ko'ra, sovrindorlar qatoridan o'rin olgan o'zbekistonlik bokschilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Asrorbek SHahobiddinov
-52 kg: Jahonmurod Imomaliev
-57 kg: Lazizbek Fattoev
-75 kg: Nusratbek Toxirov
Kumush:
-60 kg: Azizbek Tojiev
-63 kg: Mirzomahmat Mirzabekov
Bronza:
-70 kg: Azizbek Samadov
O'zbekiston boks federaciyasi ushbu muvaffaqiyat bilan yosh charm qo'lqop ustalarimizni muborakbod etadi.
Havola :
Fikrlar