20 okt 15:55
Yangiliklar
Futbol
"Al Hilol" FIFAdan 7,5 mln evro undirmoqchi
Arablar jarohati sabab safdan chiqqan futbolchiga to'lanadigan katta maoshning bir qismini qoplamoqchi.
Saudiya Arabistonining "Al Hilol"klubi Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymarning Urugvayga qarshi o'yinda jarohati olgani uchun Xalqaro futbol federaciyasidan tovon puli undirib olmoqchi.
Matbuot xabarlariga ko'ra, "Al Hilol" Neymarning jarohati tufayli FIFAdan 7,5 million evro talab qilishi mumkin, chunki federaciya futbolchining terma jamoa ixtiyorida FIFA musobaqalarida qatnashayotganda jarohat olib, 28 kundan ortiq maydonga tusha olmaganida, klublarga tovon to'laydi.
Avvalroq Messi jiddiy jarohat olgan Neymarni qo'llab-quvvatlagani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar