04 iyu 13:17
Yangiliklar
Futbol

"Al Qodisiya" A Seriya to'purari uchun 40 mln evro to'lashga tayyor
"Al Qodisiya" Mateo Retegi transferi borasida muzokaralarni boshladi.
Saudiya Arabistoni klubi ilk taklifida futbolchini 40 mln evro evaziga sotib olishi mumkinligini bildirgan. Biroq Italiya klubi 26 yoshli futbolchisi uchun ko'proq so'ramoqda.
"Al Qodisiya" futbolchining agenti bilan ham muloqotlar olib bormoqda. Hozircha tomonlar bu borada kelishuvga erishganicha yo'q. O'tgan mavsumda Retegi A Seriyaning 36 o'yinida 25 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar