So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

01 okt 17:06
Yangiliklar

Futbol

"Al Sadd" bosh murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o'yin uchun alohida sxema ishlab chiqqanini aytdi

Teglar :  NasafAl Sadd
OCHL guruh bosqichi 2-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan "Al Sadd" bosh murabbiyi Brunu Pineyru hamda jamoa futbolchisi Paulo Otavio ishtirok etdi.

- Biz bu erga g'alaba uchun keldik. Biroq bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Hozirgi futbolda oson o'yinning o'zi yo'q. Ligadagi barcha jamoalar o'yin tashkillashtirish bobida juda shakllangan. SHu boisdan ertangi o'yin oson o'tmaydi.

Paulo Otavio: - CHempionlar ligasida barcha uchrashuvlar qiyin o'tadi. So'nggi o'yinlarda yaxshi natijalar bo'lmadi. O'tgan uchrashuvlardagi salbiy natijalardan keyin ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. 

- Bir vaqtlar jamoada Xavi ishlagani va hozirgi "Al Sadd"ning kuchini qanday baholaysiz?

- Birinchi farq - murabbiyda. Hozir jamoaning murabbiyi boshqa. "Al Sadd" ruhiy jihatdan doimo g'alaba qozonish uchun harakat qilib kelgan. Balki murabbiy o'zgargandir, futbolchilar o'zgargan, lekin jamoaning o'yinga bo'lgan qarashi o'zgargani yo'q. Har bir bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Hozir "Nasaf" bizdan ikki ochko oldinda bormoqda. Masalan, oldingi "Nasaf" bilan hozirgisini taqqoslamagan bo'lardim. CHunki hozir kelajak haqida o'ylash kerak. Biz bu erga g'alaba uchun kelganmiz. 

- "Nasaf" jamoasi OCHLda boshqacha, O'zbekiston chempionatida boshqacha o'yin namoyish qiladi. Raqibingizning o'yinlarini qanchalik o'rganib chiqdingiz?

- Albatta, "Nasaf"ning o'yinlarini taxlil qilib chiqdik. Jamoa juda zich himoyalanadi, to'pni yaxshi nazorat qiladi va yo'qotmaslikka harakat qiladi. Himoyadan chiqishda ham yaxshi o'ynaydi. "Nasaf"ning OCHL va O'zbekiston chempionatida boshqacha o'yin ko'rsatishiga sabab oddiy - ular O'zbekiston chempionatida eng kuchli jamoalardan biri. Ertangi o'yinda "Nasaf"ning to'pni ushlab turishi borasidagi taktikasi uchun sxema ishlab chiqqanmiz. Yani, raqibga to'pni ushlab turishga bermaslikka va himoyadan hujumga o'tishda tezkor bo'lmasligiga harakat qilamiz. 

- "Al Sadd"ning tarkibida yo'qotishlar bormi?

- Jamoada yo'qotishlar bor. Umuman olganda, har qanday yo'qotishlar bo'lsa ham zaxiradagi istalgan futbolchi jamoaning g'alabasiga munosib hissa qo'shishga tayyor turishi kerak. Tarkibimizda istalgan yo'qotishning o'rnini bosa oladigan futbolchilar etarli. 

- "Nasaf"ning ko'rsatadigan o'yinini Qatar chempionatidagi qaysi jamoaga qiyoslasa bo'ladi va ushbu jamoaga qarshi o'yin Siz uchun qanchalik qulay yoki noqulay?

- Yaxshi savol bo'ldi. Ertangi o'yinda "Nasaf" qanday taktikada o'ynashini ko'ramiz. Qatar chempionatida "Al Sadd"ga qarshi raqiblar himoyaviy o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. "Nasaf" haqida unday demagan bo'lardim. SHu boisdan bu savolga ertaga javob berishim mumkin, biroq hozir emas.

- Birinchi o'yinda "Al Sadd"ga "SHarja" bilan o'yinda g'alaba uchun nima etishmadi?

- O'shanda g'alaba qozonishimiz shart edi. CHunki o'sha o'yinda biz to'laqonli ustunlik qildik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, penaltini ura olmadik. SHunchaki omad kelmadi. O'sha bahsdagi durang natija - adolatsizdek bo'ldi. Guruhdagi raqiblarga keladigan bo'lsak, OCHLda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Har bir jamoa o'z mamlakatida etarlicha obro'ga ega. Yani, OCHLning darajasi umuman boshqacha. 

- "Nasaf"ning qaysi futbolchisini alohida maqtab o'tishingiz mumkin. O'zbek futboliga qanday baho berasiz?

- "Nasaf"ning biror futbolchisini alohida takidlamagan bo'lardim. CHunki ular jamoaviy o'yin namoyish qilishadi. Tarkibdagi har bir futbolchining kuchli tomonlari ko'p. SHu sababli ulardan kimnidir ajratib ko'rsatish noto'g'ri. O'zbek futboli haqida gapiradigan bo'lsam, mamlakatdagi futbol so'nggi yililarda anchagina o'sdi deya olaman. Turli yoshdagi termalar o'zlarini ko'rsatishmoqda, ularda yaxshi murabbiylar ishlashmoqda. Jamoalarda kelajagi porloq yosh futbolchilar bor. O'zbekiston termalari kelajakda katta musobaqalarda ishtirok etishi kerak. 

- Sizlarga Qarshi shahri qanchalik taassurot qoldirdi. SHaharning iqlimi Sizlarga tasir ko'rsatmaydimi?

- Ob-havo juda ajoyib, menga maqul keldi. Biroq shahar haqida baho berish uchun bizda etarlicha vaqt bo'lmadi. CHunki kechagina bu erga etib keldik. Lekin O'zbekiston haqida tasavvurga egaman. Bu er kichik davlatdek ko'rinishi mumkin, biroq odamlari juda oliyjanob. Qarshi shahrida hozircha tasavvurim yo'q, biroq O'zbekiston haqida yaxshi tasavvurga egaman. 

Paulo Otavio: - Kecha tunda etib keldik. SHahar aylanishga vaqtimiz bo'lmadi. Bor etiborimizni o'yinga qaratganmiz. O'zbekistonga ilk marta kelishim. Kelishimdan oldin bu erlar haqida tasavvurga ega bo'ldim, internet orqali chiroyli rasmlarni ko'rdim. Albatta, qaergadir borishdan oldin internet orqali u erlarni bilib olish kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing