30 avg 16:48
Yangiliklar
Futbol
Alba Ispaniya termasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Himoyachi Jordi Alba Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Mundodeportivo"ning xabar berishicha, futbolchi qarori haqida Ispan qirolligi futbol Federaciyasiga (RFEF) bir necha hafta avval xabar bergan.
Futbolchi Ispaniya milliy termasi sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelardi. O'tgan vaqt davomida u 93 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi. Terma bilan Alba Evro-2012 va Millatlar Ligasi-2023da g'olib bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, yozda Alba "Inter Mayami" klubiga o'tgandi.
Havola :
Manba : mundodeportivo.com
Fikrlar