24 mar 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Aldo infekciya sabab gospitalga yotqizildi, u ishtirokidagi jang so'roq ostida
Braziliyalik UFC jangchisi, yarim engil vaznda sobiq jahon chempioni Joze Aldo gospitalda bo'lib turibdi.
Aldo bakterial infekciya sabab shifoxonaga yotqizilgan. U kutilmaganda tizzasini kesib olgan. Hozircha uning holati yuzasidan malumot berilmayapti. Joze 11 may kuni UFC 237 turniri doirasida Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Ushbu turnir Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladi. Aldoning o'zi 11 may kuniga qadar jangga tayyor bo'lishini aytmoqda. Lekin uning shifokori shoshilib qaror qabul qilmaslikka chaqirgan.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar