03 iyu 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleks Pereyra P4P reytingida Jon Jonsni ortda qoldirdi
Vazn toifasidan qati nazar, dunyoning eng kuchli UFC jangchilari reytingi yangilandi.
Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra ushbu reytingda og'ir vazn qiroli Jon Jonsdan o'tib ketdi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi yakshanba tongida chexiyalik Irji Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Ushbu g'alaba sabab u P4P reytingida ikki pog'onaga ko'tarilib, Jon Jonsni 3-o'ringa pastlashga majbur qildi. Yarimo'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Leon Edvards ham bir o'ringa pastladi. Dunyoning eng kuchli jangchisi sifatida rossiyalik engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev o'z o'rnini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar