09 apr 11:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Volkanovski: "Engil vaznga o'tish haqida o'ylayapman"
O'rta engil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski yuqori divizionga o'tish istagi borligini malum qildi.
"Odamlar mendan vazn toifalarini o'zgartirish haqida tez-tez so'rashadi. Hozir engil vazn toifasiga o'tish haqida o'ylayapman.
Bir qarorga kelganim yo'q. Keyingi jangim engil vazn toifasida bo'ladi deb ayta olmayman. Imkon qadar ko'proq jang qilishni xohlayman.
Agar menga engil vaznda jang qilish uchun qiziqarli taklif tushsa, uni qabul qilaman”, dedi Volkanovski.
Ertaga UFC 273 musobaqasida Volkanovski "Koreyalik zombi"dan o'z kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar