27 iyu 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Povetkin 12 iyul kuni ringga chiqmaydigan bo'ldi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin 12 iyul kuni ringga chiqmaydi.
Avval xabar berganimizdek, rossiyalik bokschi 12 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomida ringga chiqishi lozim edi. Lekin Povetkinning menejeri Vadim Kornilov rejalar o'zgarganini malum qildi.
“Saudiya Arabistonidagi jang o'tkazilmaydi. Kelishuvning bazi bandlari buzildi. Hozir boshqa sanani ko'rib chiqyapmiz. Jang aniq iyul oyida bo'lib o'tadi”, - dedi Kornilov.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar