16 dek 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleksandr Povetkin Bermen Stiverndan 11,6 kg engil chiqdi
17 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun kechadi. Unda rossiyalik 37 yoshli Aleksandr Povetkin kanadalik 38 yoshli Bermen Stivernga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun ananaga ko'ra bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Povetkin - 101,5 kg, Stivern esa - 113,1 kg tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar