18 dek 07:55
Yangiliklar

Aleksandr Povetkin Joan Dyuopni nokautga uchratdi
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Aleksandr Povetkin franciyalik Joan Dyuopga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning oltinchi raundi yakunlanishi arafasida Povetkin raqibini nokautga uchratdi.
Aslida rossiyalik bokschi Bermeyn Stivernga qarshi vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin Povetkinning qon tarkibida jangga bir necha soat qolganda taqiqlangan modda topilgani uchun mazkur bahs bekor qilingan edi.
SHu yilning 6 dekabr kuni Povetkindan olingan taxlil ijobiy natija bergan. Uning qonida taqiqlangan preparat – Ostarin moddasi borligi aniqlangandi.
Ostarin – SARM guruhiga mansub dori vositasi bo'lib, mashg'ulotlarda chidamlilikni oshirish uchun qabul qilinadi.
Fikrlar