01 avg 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78798_220.jpg)
Aleksandr Povetkinning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi
Rossiyalik superog'ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkinning navbatdagi raqibi britaniyalik Xyu Fyuri bo'ladi.
Jang 31 avgust kuni Londondagi O2 arenasida tashkil etiladi.
Mazkur jang oqshomining markaziy to'qnashuvi esa Vasiliy Lomachenko va Lyuk Kempbell o'rtasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Povetkin so'nggi marotaba 2018 yilning sentyabrida ringga ko'tarilgan va Entoni Joshuadan nokaut qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar