04 fev 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Aleksandr Usik: “Bizni ajoyib final kutmoqda”
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasidda WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik kecha oqshom o'tkazilgan Gassiev - Dortikos jangidan so'ng bo'lajak final haqida fikr bildirdi.
Ukrainalik jahon chempioni jang yakunlanganidan so'ng ringga ko'tarilib, rossiyalik chempionni g'alaba bilan tabrikladi.
“Muratning jamoasini g'alaba va finalga chiqqanligi bilan tabriklayman. Bizni oldinda ajoyib final kutib turibdi”, - dedi Usik.

Havola :
Fikrlar